Bolg`alash




Bolgʻalash — metallarga bolgʻa va bosqonlarda zarb va bosim bilan ishlov berish usullaridan biri. Qizdirilgan metallga bolgʻa (yoki bosqon)da koʻp marta uzlukli zarba berilsa, u deformatsiyalanib, astasekin maʼlum shakl va oʻlchamni oladi. Metall buyumlarni koʻplab va seriyalab ishlab chiqarishda shtamplarda B. usuli qoʻllaniladi. B.da choʻktirish (kirishtirish), choʻzish, tekislash, yoyish, teshish jarayonlari bajariladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz