BOLG’ABOSH



BOLG’ABOSH, soyaqush (Scopus umbretta) — uzunoyoq qushlar turkumining bir turi. Afrika, Madagaskar va Janubiy Arabistonda tarqalgan. Suvga yaqin qalin o’rmonlarda yashaydi. Kunduzi oftobdan qochib, o’simliklar ostida yuradi, shuning uchun “soyaqush” deb ham ataladi. Qorong’i tushganda oziq izlab chiqadi. 3— 7 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarini erkagi bilan urgochisi galma-galdan bosadi. 21 kunda bola ochadi. Yil davomida ko’payadi. Baliq, baqa, chuvalchang va hasharotlarni ovlaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz