Bolg‘abaliq




BOLGʻABALIQ (Sphyrna zygaena) - akulasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uz. 3,5 m cha, ogʻirligi 150 kg gacha (baʼzilari hatto 400 kg gacha). Atlantika va Tinch okeanning tropik hamda subtropik mintaqalarida tarkalgan. Dengiz tubida yashaydi, kambala, skat va har xil umurtqasiz jonivorlar bilan oziklanadi. Urgʻochisi 40 tagacha tirik baliqchalar tugʻadi. Kam ovlanadi. Boshining ikki yonidagi oʻsimtasi bolgʻaga oʻxshaydi. Nomi ham shundan olingan. Yirik koʻzlari boshidagi oʻsimtalar ustida joylashganidan B. ancha uzoqni koʻradi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz