BOLG’ABALIQ
BOLG’ABALIQ (Sphurna zygaena) akulasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uzunligi 3,5 metrcha, og’irligi 150 kilogrammgacha (ba’zilari hatto 400 kilogrammgacha). Atlantika va tinch okeanning tropik hamda subtropik mintaqalarida tarkalgan. Dengiz tubida yashaydi, kambala, skat va har xil umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi. Urg’ochisi 40 tagacha tirik baliqchalar tug’adi. Kam ovlanadi. Boshining ikki yonidagi o’simtasi bolg’aga o’xshaydi. Nomi ham shundan olingan. Yirik ko’zlari boshidagi o’simtalar ustida joylashganidan Bolg’abaliq ancha uzoqni ko’radi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz