BO’LATCHI



BO’LATCHI (Bulaji, Bulayji) (14- asr) — dug’latlarning yirik amiri. Bo’latchi haqidagi ma’lumotlar faqat Muhammad Haydar (Bo’latchi uning katta bobosi) ning “Tarixi Rashidiy” asarida uchraydi. Bo’latchi 1347-48 yillarda Sharqiy Turkistondagi Oqsu degan joyda Mo’g’uliston taxtiga Tug’luq temurin o’tqazgan. Taxminan 1359 yil Bo’latchi Qunduzda Tug’luqTemurxondan yorliq olgan. Ushbu yorliqqa binoan xon dug’lat qabilasi amirlariga to’qqizta imtiyoz bergan. Bo’latchining aka-ukalari ko’p bo’lgan. Ulardan biri Qamariddin bo’lib, u Mo’g’uliston xoni Ilyosxo’jani o’ldirib, taxtni egallagan, so’ngra, To’xtamish bilan ittifoq tuzib, ko’p vaqt davomida Amir Temurga qarshi jang qilgan. Bo’latchi avlodlari 1514 yilgacha Sharqiy Turkistonga hukmronlik qilishgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz