Bolasogʻun
BOLASOGʻUN — oʻrta asrlardagi yirik shahar (7—14-asrlar). Qad. Yettisuv viloyatining markazi. Uning xarobalari Toʻqmoq shahri (Qirgʻiziston) ning jan.gʻarbida, 12 km masofa (Chu vodiysi) da joylashgan. Tarixda Goʻbaliq ("Yaxshi shahar"), baʼzan Koʻzbaliq, Qoʻz ulush, Xosun ordu (Kuchli Oʻrda) deb ham atalgan. Bolasog‘un 11-12-asr 1-yarmigacha qoraxoniylar 12-asr 2-yarmidan qoraxitoylar davlati poytaxti. 14-asrdagi oʻzarourushlar natijasida vayron boʻlgan. Maxmud ibn Valining "Bahr ul-asror" asarida yozilishicha, B.da 12-asr da 40 ta jome va 200 ta kichik masjid, 20 ta xonaqoh boʻlgan. A. N. Bernshtam olib borgan arxeologik qazishlar natijasida shahar chekkasida 7—8-asrlarga oid budda ibodatxonasi qoldiqlari topilgan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org