BOLASOG’UN



BOLASOG’UN — o’rta asrlardagi yirik shahar (7-14-asrlar). Qadimgi Yettisuv viloyatining markazi. Uning xarobalari To’qmoq shahri (Qirg’iziston) ning Janubi g’arbida, 12 kilometr masofa (Chu vodiysi) da joylashgan. Tarixda Go’baliq (“Yaxshi shahar”), ba’zan Ko’zbaliq, Qo’z ulush, Xosun ordu (kuchli O’rda) deb ham atalgan. Bolasog’un 11-12-asr 1-yarmigacha Qoraxoniylarda 12-asr 2-yarmidan qoraxitoylarning poytaxti. 14-asrdagi o’zarourushlar natijasida vayron bo’lgan. Maxmud ibn Valinit “Bahr ulasror” asarida yozilishicha, Bolasog’unda 12-asrda 40 ta jome va 200 ta kichik masjid, 20 ta xonaqo bo’lgan. A. N. Bernshtam olib borgan arxeologik qazishlar natijasida shahar chekkasida 7-8-asrlarga oid budda ibodatxonasi topilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz