Bolaning psixomotor rivojlanishi




Bolaning psixomotor rivojlanishi

1-oylik



▪️600-1000 g vazn yigʻadi.
▪️Turli xil tovishlar chiqaradi, rangli jismlarga qaraydi, onasini taniydi.
▪️Oyoq va qoʻllarida tartibsiz harakatlar qiladi.
▪️3-4 kunligida fiziologik sariqlik boshlanib, 15 kunligida yoʻqoladi.
▪️Uyqusining davomiyligi 16 soat.

2-oylik



▪️Vertikal holatda boshini ushlashga harakat qiladi
▪️Harakatdagi narsalarga nigohini tikadi, kuladi.
▪️Ko'z qorachigʻi harakati tekis, toʻgʻri.
▪️Erkalab gapirganlarga qarab kuladi.

3-oylik



▪️Qoʻl oyoqlardagi, ayniqsa yelkadagi harakat hajmi ortib boradi.
▪️Vertikal holatda boshini yaxshi tutadi.
▪️Tovush kelgan tomonga boshini buradi.
▪️Qoʻliga berilgan oʻyinchoqqa qiziqib qaraydi,
▪️Kuladi, gu-gulaydi, unli tovushlarni uzoqroq choʻzadi.

4-oylik



▪️Tovush kelgan tomonga buriladi.
▪️Oʻyinchoqqa qarab qoʻl choʻzadi, ushlaydi, ogʻziga olib boradi.
▪️Qoʻlidan tortilsa, ushlab turilsa oʻtiradi.
▪️Yaqin insonlari ovozini farqlaydi, kuladi, jilmayadi.
▪️Qorinda yotganida boshini va yelkasini koʻtara oladi.

5-6 oylik



▪️Bir qoʻlidan ushlansa, baʼzida esa mustaqil ham oʻtiradi.
▪️Chalqancha holatdan yon boshiga yoki qorniga oʻgiriladi.
▪️Qornida yotganida bitta qoʻliga tayanib, ikkinchi qoʻli bilan narsalarga choʻzila oladi, gavdasining ogʻirligini bir qoʻlidan ikkinchisiga ogʻdiradi.
▪️Tushib ketayotgan oʻyinchoqni kuzatadi va koʻtaradi.
▪️Unsiz tovushlarni ham ayta oladi. Uyqusining davomiyligi 14,5 soat.

7-8 oylik



▪️Muvozanatini tutib, mustaqil oʻtira oladi, toʻrt oyoqlab turadi.
▪️Qornida yotgan holatida chalqanchasiga oʻgiriladi.
▪️Yotgan joyidan mustaqil oʻzi oʻtirishga harakat qiladi.
▪️Oyoqqa turishga harakat qiladi.
▪️Onasiga va tanish kishilarga qoʻlini choʻzadi, chapak chaladi.
▪️Qisqa boʻgʻinli soʻzlarni qaytaradi „ma-ma“, „da-da“.

9-10 oylik



▪️Krovat tutqichini ushlab tizzasiga turadi.
▪️Kattalar yordamida oyoqqa turadi, ushlab yuradi, emaklaydi.
▪️Sochilgan oʻyinchoqlarni yigʻishtiradi, kattalar harakatini kuzatadi, qoʻlini silkitadi, qoshiqdan ovqat yeydi.
▪️Oʻyinchoqlarning nomini biladi, aytilganini orasidan topib beradi.
▪️Qisqa boʻgʻinli soʻzlarni aytadi „dada“, „mama“, „nanna“, „umma“.
▪️- „xayr“, „assalom“, mumkin emas deganini tushunadi.

11-12 oylik



▪️Bir qoʻlidan ushlansa oʻzi yuradi, mustaqil qadam tashlaydi, lekin qadami mustahkam emas, koʻp yiqiladi.
▪️Tushib ketgan oʻyinchoqlarni koʻtarish uchun choʻkkalaydi, oʻyinchoqlarni nomini biladi.
▪️Ogʻriq sezayotgan joyini aytadi, tana qismlarini koʻrsatadi, kiyintirish vaqtida yordamlashadi.
▪️Mustaqil yeyishga harakat qiladi, bolalarni sevadi.
▪️Oila aʼzolarini barchasini taniydi, baʼzi soʻzlarni gapiradi.

17-18-oylik



▪️Oʻynash jarayonida har xil kattalikdagi buyumlarni ajrata oladi.
▪️Koʻrsatib berilsa har xil kattalikdagi va shakldagi oʻyinchoqlar orasidan bir xillarini topadi.
▪️Yerda yotgan baland boʻlmagan narsalar ustidan xatlab oʻtadi.
▪️Hayotida qayta-qayta koʻrgan ishlarini bajara oladi.
▪️Suyuq ovqatni qoshiqcha yordamida mustaqil yeydi.

20-24 oylik



▪️Kattalarning iltimosiga koʻra yoki koʻrsatmaga mos rangni tanlaydi.
▪️Past toʻsiqdan xatlab oʻtadi.
▪️Oʻyinchoqlar oʻynaganida ketma ketlikda keladigan vazifalarni bajaradi, masalan qoʻgʻirchogʻini choʻmiltiradi, artadi, kiyintiradi.
▪️Qisqa hikoyalarni tushunadi.
▪️Kattalar yordamida oʻzi qisman kiyinadi.

3-yosh



▪️Yurishi, yugurishi, sakrashi aniqroq va tezroq bajariladi.
▪️Barmoqlari va panjasi bilan koʻpgina mayda nozik harakatlarni qila oladi.
▪️Bola tugmasini taqishni, toʻgʻri chiziq va aylana chizishni uddalaydi.
▪️Bu yoshda bolaning soʻz boyligi 1200-1300 tani tashkil
qiladi. Gaplarni toʻgʻri tuzadi.
▪️Gaplarni eslab qolish qobiliyati ortadi.
▪️Bola bilan suhbatlashganda nafaqat hozirgi zamon voqeiyligini, balki oldingi va keyingi zamon voqealari haqida ham soʻzlashsa boʻladi.
▪️Bu yoshdagi bolalarning doimiy savoli — ―nega?, ―qachon?,―qaerda?.
▪️Bola qisqa tushunchalarni tez eslab qoladi, qisqa sheʼr va
ashulalarni ayta oladi.

Havolalar



• Komarovskiy motorika haqida

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz