BO’LAMON
BO’LAMON, balamon, balabon — Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama sozi. Qadimdan mashhur, ayniqsa 15-17-asrlardagi Bo’lamonchi sozandalar nomi tarixiy manbalarda ko’p uchraydi. Tashqi ko’rinishi kichik surnaysimon bo’lsada, nayining ichki kengligi uzunasiga bir xil. Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha o’rnatiladi. Asosan, tut yog’ochidan yasaladi. Barmoqlar uchun mo’ljallangan 7 ta teshigi yuzida, 1 tasi orqa tomonida bo’ladi. Bo’lamon sibizg’aning takomillashtirilgan turi bo’lsada, sadolanish kuchi, tembr xususiyatlari hamda ijro imkoniyatlariga ko’ra qo’shnayga yaqin. Diapazoni taxminan2 oktava. O’zbekistonning Xorazm vohasi va qisman Qoraqalpog’istonda tarqalgan. Ad.: Karomatov F., Uzbekskaya instrumentalnaya muzika, T., 1972.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz