Bolalar-o`smirlar sport maktablari
Sport maktablari — yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydigan ixtisoslashgan oʻquvtarbiya muassasasi. Oʻzbekistonda Sport maktablarining 3 asosiy turi mavjud: bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, bolalar va oʻsmirlar ixtisoslashgan olimpiya maktablari hamda oliy sport mahorati maktablari. Sm. Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilot hamda idoralar qoshida tuzilgan. Toshkentda dastlabki Sm. 1934-yil ochilgan. Uzok, yillar davomida Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq sh.larida sport internatlari (hozir olimpiya oʻrinbosarlari kollejlari) faoliyat koʻrsatib keldi va respublika terma jamoalari uchun koʻp minglab iqtidorli sportchilarni tayyorlab berdi. Ular orasida yuzlab xalqaro sport musobaqalarining sovrindorlari bor. OʻzRda 570 dan ortiq har xil turdagi Sm. faoliyat koʻrsatadi (2004).
uz.wikipedia.org