Bolalarda ommaviy zaharlanish (Oʻzbekiston)




Bolalarda ommaviy zaharlanish — 2023-yilning 21-sentyabrida bir guruh bolalarning kasalxonaga yotqizilishi bilan boshlangan jarayonlar toʻplami.

Hodisaning boshlanishi



Oʻzbekistonda 2023-yilning 20-sentyabrida 3 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga bepul yod tarqatish dasturi boshlanganligi haqida xabar berilgan edi. Bir kundan soʻng, 21-sentyabr kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi bogʻcha bolalari orasida tana xarorati koʻtarilishi, qusish, qorin ogʻrigʻi bilan jami 71 nafar bolashifoxonaga yotqizilgan. Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova shikoyat qilgan bolalar soni 400dan oshganini maʼlum qilgan, lekin ular na doridan va na ovqatdan zaharlanmaganligini taʼkidladi. Biroq, aynan Elmira Bositxonova imzosi bilan chiqarilgan xatda bolalarning axvoli yomonlashishiga sabab dori vositalari boʻlishi mumkinligi sababli „Kaliy yodid 1 mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)“ dori vositasini isteʼmolini darxol toʻxtatish boʻyicha topshiriq berilgan. Ushbu xatdan maʼlum boʻlishicha, kasallik keltirib chiqargan deb gumon qilinayotgan dori vositalarini „SAMO“ MChJ yetkazib bergan. Va bu dorilarni vazirlik tarkibidagi „Oʻzmedimpeks“ sotib olgan.

„SAMO“ MChJning taʼsischilari Yunusovlar oilasi boʻlib, Nodir Yunusov kompaniyaning 7%iga egalik qiladi.

Maʼlum boʻlishicha, 2005-yilda AQSh bojxona va immigratsiya nazorati xizmati (ICE) va Ichki xavfsizlik departamenti xorijlik noqonuniy muxojirlarni ishga joylashtirish bilan shugʻullangan „Giant Labor Solutions“ kompaniyasiga nisbatan surishtiruv boshlagan. Kompaniya faoliyati 4 yil davomida kuzatilgach, 2009-yilda kompaniya mansabdorlariga majburiy mehnat va mehnat shartomalarida firibgarlik qilish boʻyicha ayblov eʼlon qilingan. 2010-yilning yanvariga kelib GLC aʼzolariga qoʻyilgan ayblovlar tasdiqlangan. 11 kishiga nisbatan odam savdosi, xususan, aldab ishga yoʻllash, xuquqni poymol qilish va moliyaviy tovlamachilik bilan shugʻullanish ayblovi qoʻyilgan. 2009-yilda jinoiy guruh boshligʻi boʻlgan Abrorxoʻja Asqarxoʻjayev qoʻlga olingan. Qolganlar, jumladan, Nodir Yunusov ham qochib ketgan va hozirda qidiruvda.

Izohlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz