Bolalar ijodiyoti uyi




Bolalar ijodiyoti uyi - bolalarning maktabdan tashqi ommaviy taʼlim-tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish, yosh avlodni bilim darajasi, qiziqishlari, ijodiy qobiliyatini oʻstirish, kasb tanlashga yordam berish, ular tayyorlagan mahsulotni chet elda targʻib qilishga qaratilgan markaziy ijodiyot uyi. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tizimiga qaraydi. Bolalar ijodiyoti uyi u.da radioelektron, yogʻoch oʻymakorligi, bichish va tikish, videostudiya, tasviriy sanʼat, adabiyot, lak miniatyurasi toʻgaraklari, shax-mat klubi, estrada-vokal studiyasi, kompyuter sinfi va boshqa bor. Ijodiyot uyi Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bolalar ijodiyoti uyi u.ning binosi Toshkentning Eski juva maydonida 2005-yilda qurildi. Bino 2 qavatli boʻlib, spiral boʻylab yuqoriga chiqiladigan zinavor shakldagi oʻziga xos meʼmoriy yechimga ega. Bino balandligi 18,0 m, eni 42,9 m. 1-qavatda ijodiyot uyining toʻgaraklari, shuningdek, kon-ferensiya zali, maʼmuriyat. 2-qavatdan koʻrgazma galereya (maydoni 480,0 kv.m), tomosha maydonchasi (16,8 kv.m) oʻrin odgan. Markaziy qismidagi muhtasham koʻrgazma zali 12 metrli gumbaz bilan yopilgan. Mazkur gumbaz Samarqanddagi Tillakori madrasasi gumbazidan andoza olingan bezaklar bilan pardozlangan. Milliy uslubdagi bezaklarni "Us to" uyushmasining Toshkent va Samarqand korxonalarining mohir ganchkor, naqqosh ustalaridan A.Ilho-mov, A.Karimov, X.Jalolovlar shogirdlari bilan bajarganlar.

Toʻlqinoy Qodirovi, Rahmatilla Solihov.

uz.wikipedia.org


Online TAKLIFNOMA yarating. Telegram bot orqali


Uzpedia.uz