Bolalar ensiklopediyasi (2000)




„Bolalar ensiklopediyasi (2000)“  — Oʻzbekiston Respublikasida bolalar uchun moʻljallab chiqarilgan ensiklopediya. Ensiklopediya 2000-yil Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan.

Kitobdagi barcha maqolalar lotin alifbosi tartibida berilgan. Unga koʻpgina zamonlar va xalqlarga mansub mashhur shaxslar, kashfiyotchilar, sayyohlar, fan, texnika, adabiyot va sanʼat namoyondalari, taniqli davlat va siyosat arboblari haqida maqolalar kiritilgan. Undan tashqari fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, falsafa, huquq, matematika, geografiya, geologiya, iqtisod, madaniyat va sanʼat fanlari boʻyicha ham koʻplagan maqolalar berilgan. Bu borada tegishli mezon ishlab chiqilgan.

Ensiklopediyani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan. A. Burxonov - dizaynchi rassom, A. Bobrov - muqova rassomi, M. Mirziev - xaritagraf, N. Rahimov - komputer markazining rahbari, R. Yesaulenko va D. Pavlov - komputerda sahifalovchilar. Kitob adadi - 10 000 nusxa. Original - maket va kitobning bezak ishlari „Yangi asr avlodi“ nashriyot - matbaa markazida tayyorlangan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz