Bolalar bronxoektatik kasalligi




Bronxoektazlar chaqnaydigan epiteliy va peribronxial to‘qimalar darajasida
uzoq davom etadigan yallig‘lanish-destruktiv jarayonini o‘zida namoyon etadi.
Mushakning cho‘ziluvchanligini yo‘qotilishi sababi nafas olish yo‘llarining
shilliqdan ajrala olishga qodir emasligi hisoblanadi. Yiringli secretning (shiraning)
turib qolishi pnevmoniya retsidivi (zotiljamni qaytalanishi) va keyinchalik
destruksiya (buzilishi)ga olib keladi. Natijada, bronxlarning drenaj funksiyasi
buzilishi bilan ularning kengayishi sodir bo‘ladi. Bronxoektaziya (bronxlar
kengayishi) — ko‘proq bolalik yoshi kasalligi. Maʼlumki, 5 yoshgacha bo‘lgan
bolalar bronxoektaziya (bronxlar kengayishi)ga chalingan kasallar orasida 50%ni,
10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lganlari esa 75%dan ko‘pini, 20 yoshdan oshganlar
orasida taxminan 8-10% tashkil qiladi.
Bronxoektazlarning sabablari turlicha. Qator holatlarida kasallik dizontogenetik
bronxoektazlar deb ataladigan, bronxo‘pka (o‘pka-nafas yo‘llari) tizimining tug‘ma
anomaliyasi rivojlanishi natijasida yoki postnatal nuqsonning rivojlanishi sodir
bo‘ladi. Kartagener 1933-yilda o‘z ichiga sinusit (burun bo‘shlig‘ining kasallanishi),
ichki aʼzolarning teskari joylashuvi va bronxoektazlarni oladigan sindromni
taʼrifladi. Situs inversus (aʼzolari teskari joylashgan) va dekstrokardiyasi (yuragi
o‘ngda joylashgan) 20% bemorlarda bronxoektaz bo‘ladi, bu vaqtda ularning
umumiy populyatsiyadagi (ko‘payishdagi) eng yuqori tezligi 0,5%ni tashkil etadi.
Ushbu bo‘limda biz tez-tez to‘qnash keladigan ustunlikka ega va o‘ta kech
diagnostikalanadigan va buning natijasida, ko‘pincha bolalarni majruh qiladigan
orttirilgan bronxoektazlarga to‘xtalishni maqsadga muvofiq, deb hisobladik.
Klassifikatsiyasi.
Bronxoektazlarni quyidagicha farqlashadi:
• genez bo‘yicha — tug‘ma, orttirilgan, dizontogenetik;
• shakli bo‘yicha — silindrik, duksimon, qopli, kistoz;
• tarqalganligi bo‘yicha — bir tomonlama, ikki tomonlama, o‘pka bo‘lak va
segmentlarini ko‘rsatilishi bilan;
• jarayon kechishi bo‘yicha — keskinlashuv, remissiya.
Orttirilgan bronxoektazlar orasida, ko‘pincha, qopli va kistoz shakllar jarrohlik
yo‘li bilan davolanadi. O‘tkir pnevmoniyadan so‘ng bronxogrammada aniqlanadigan
silindrik bronxoektazlar, baʼzan asliga qaytaradigan qobiliyatga ega.
Etiologiya va patogenez. Bronxoektazlarning rivojlanishiga asosan orttirilgan
xarakterdagi patologiyaning turli ko‘rinishlari olib kelishi mumkin. Ko‘pincha ular
erta yoshda kechgan, takroriy pnevmoniyalar natijasi hisoblanadi. O‘tkir
pnevmoniyaning davomli yoki surunkali rivojlanishiga, kech boshlangan yoki
tugallanmagan muolaja, antibiotiklarning noto‘g‘ri qo‘llanishi, raxit, gipotrofiya va
boshqalarga sharoit yaratishi mumkin. Bunday etiologiyadagi pnevmoniyalar,
ko‘pincha bronxlar deformatsiyasi va peribronxial va interstitsial to‘qimalarda
yallig‘lanish rivojlanshiga olib keladigan surunkali obstruktiv bronxit bilan kuzatiladi.
Bronxial daraxtning obstruksiyasi ichkaridan ham, tashqaridan ham
distalroq joylashgan o‘pkaning mos keluvchi bo‘gimlarida infeksiya to‘planishi
bilan atelektazlarga sabab bo‘ladi. Natijada, barqaror o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Kichik bolalarda bronxoektazlarning asosiy sababi bakterial yoki virusli o‘pka
infeksiyasi hisoblanadi. Anʼanaviy ravishda, shuningdek, boshdan kechirilgan
qizamiq, gripp va ko‘kyo‘talga alohida ahamiyat beriladi. Biroq rivojlangan
davlatlarda bu kasalliklar hozirgi vaqtda kamdan kam holatlarda etiologik omil
hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ular dunyoda hamon o‘pkadagi ko‘pgina ikki
tomonlama infeksion jarayon sabab kistofibroz singari bronxoetkazlarning eng
tarqalgan sababi hisoblanadi.
Bronxoektazlarning rivojlanshiga olib keladigan patologiyaning boshqa
turlaridan bronxlarning yot jismlari, allergiyali o‘pka aspetgillezi, alfa-antitripsin
yetishmovchiligi va IgH oshishi bilan IgA, agammaglobulinemiya va
disgammaglobulinemiya, sarkoidoz, limfoadenopatiya bilan tuberkulez, o‘tkir
leykemiyani, abssesslar, o‘simtalar, lokalizatsiyalashgan kistalar, astma va
allergiyaning turli ko‘rinishlarni aytish kerak. Gastroezofageal reflyuks
retsidivirlaydigan o‘pka infeksiyasiga olib kelishi isbotlangan, lekin bunda
bronxoektazlar kam rivojlanadi. Bronxoektazlarni chaqiradigan tashqi bosimga
limfotugunlar kattalashishi bilan bog‘liq o‘rta hissa sindromi misol bo‘lishi
mumkin.
Bronxoektazlarning klinikasi. Bronxoektazlari bo‘lgan bolalarda, odatda,
qon qusish bilan birga, kam keladigan surunkali yo‘tal kuzatiladi. Bolalar
rivojlanishdan to‘xtashi mumkin. Ota-onalar bolada ko‘p uchraydigan
shamollash kasalliklari va pnevmoniyalarni kuzatishadi. Ko‘pincha kasallik
tarixi yozuvlarida qaytalanadigan bronxopnevmoniya tashxisi topiladi. O‘pka
sepsisining (zaharlanishining) qaytalanauvchi manbalari bronxoektazlar
lokallashadigan o‘pka bo‘limlariga xos.
Diagnostika. Bronxoektazlari bor bolalar deyarli har doim ko‘krak qafasi rentgenogrammasida o‘zgarishlarga ega bo‘lishadi. Ko‘p maʼlumotni bronxografiya
ko‘rsatadi (3.13-rasm). Biroq kasallik shakli, lokalizatsiyasi, o‘zgarishlar
tarqalganligi va og‘irligini aniqlash imkonini beradigan KT maʼqul hisoblanadi
(3.14-rasm). O‘pkada o‘tkir yallig‘lanish jarayonidan so‘ng baʼzan traxeobronxial
daraxtning qayta tiklanadigan silindrik dilatatsiyasi hosil bo‘ladi. Shu bois, o‘pka
sepsisining keskinlashuvidan so‘ng, diagnostik xatolikka yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida rentgenologik tekshiruvni bir necha haftaga kechiktirish tavsiya etiladi,
lekin bronxlarning silindrik kengayishini, odatda, qopli bronxoektazlardan
farqlashlash qiyin emas. Bolalarda bronxoektazlarning o‘ziga xos lokallashuvi -
pastki bo‘laklar, lekin til bo‘g‘imi yoki o‘ng o‘rta bo‘lakni ham tortish ko‘p
uchraydi.

Bronxoektazlari bor bolaning immunologik tekshiruvi leykogramma bilan
qonning to‘liq tahlili, taʼsirchanlikning oshganligini aniqlashda teri sinovi va
immunoglobulinlarning (IgG, IgA, IgM i IgE) miqdoriy darajasini baholashni o‘z
ichiga olishi kerak. Yo‘naltirilgan antibakterial terapiya uchun namlikning
bakteriologik tekshiriluvi muhim.
Davolash. Agar antibiotiklar va postural drenirlash bilan to‘liq davolash
kursidan so‘ng infeksiya davom etsa, lekin chegaralansa, zararlangan o‘pka
to‘qimasi kesilishi haqidagi masala ko‘rib chiqilishi kerak. Kichik
bronxoektazlarda simptomsiz kechganda, odatda, o‘pka rezeksiyasi talab
qilinmaydi.
Jarrohlik muolajasi kasallik bir tomonlama va o‘pkaning faqat bir bo‘lagini
tortilgan holatlarda eng yaxshi natijalarni beradi. Bronxoektazlar, odatda, yondosh
segment (qism)larga tarqalmaydi. O‘pka rezeksiyasiga asosiy belgi — ko‘p yo‘talish
(65%). Boshqa ko‘rsatmalardan qaytalanuvchi pnevmoniya, isitmalash, bolaning
kasalligi tufayli maktabga doimiy qatnash imkoni yo‘qligi, takrorlanadigan qon
qusish va og‘izdagi yomon hidlarni aytish kerak.
Operatsiyada segment yoki o‘pka bo‘lagi rezeksiyasi tanlanadi. Agar jarayon
ikki tomonlama bo‘lsa, unda operatsiyalar orasidagi muddat 2-3 oydan kam
bo‘lmasligi kerak. Oldin og‘irroq zararlangan tomon operatsiya qilinadi. Ko‘pincha,
birinchi operatsiyadan so‘ng bola holati shunchalik yaxshilanadiki, keyingi
operatsiya talab qilinmaydi. Jarayonga pastki bo‘lakning bazal segmentlari jalb
qilinganida segmentar rezeksiyani keragi yo‘q, lobektomiya o‘tgazilgani yaxshi.
Pastki bo‘lakning og‘ir bronxoektazlarida chapdan, ko‘pincha til segmenti
zararlangan. Shu sababli, ushbu lokalizatsiyada uni, mabodo zarur bo‘lsa, pastki
bo‘lak bilan birga, tekshirish va olib tashlanishi talab qilinadi. O‘ng pastki bo‘lakda
bronxoektazlar aniqlangan bolalarda, ko‘pincha jarayon o‘rta bo‘lakni ham qamrab
oladi. Katta yoshdagi bolalarda, bronxoektazi bo‘lgan kattalardagi kabi bronxial
arteriyalari, odatda, kengayib, bu operatsiya vaqtida texnik qiyinchiliklarga sabab
bo‘lishi mumkin. Zamonaviy bosqichda bronxoektazlarda aʼzo saqlash muolajalari ishlab
chiqilgan, ularning maqsadi lob- va bilobektomiyalar oqibatining profilaktikasi
(pastda yotuvchi segmentlarning osilishi, kasallik qaytanalishi, o‘rta devor
aʼzolarining siljishi va o‘pkaning saqlangan qismlari emfizematoz o‘zgarishlari)
hisoblanadi. Kam o‘zgaradigan o‘pka parenximasi va qon aylanish kichik
doirasining butunligini saqlashga yo‘naltirilgan bu usullar orasida (bronxlar
ekstirpatsiyasi, zararlangan bronxlar plombalanishi) bronxlar
endoplombirovkasi ustunlik qiladi (Stepanov E. A. hammuallif., 1985, Aliyev
M. M. hammuallif, 2008). Aʼzo saqlash muolajalarining alohida natijalarini
o‘rganish bolalik yoshida aʼzo yo‘qotiladigan operatsiyalarga raqib bo‘ladigan
davolashning bu uslublari ustunliklari haqida xulosa qilishga asos bo‘ladi

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz