Bola tashlash
Abort (lotincha: abortus — bola tashlash) — ayollarda homiladorlikning dastlab-ki 28 haftasida bachadondan homila tu-shishi, 28 haftadan ilgari tugʻilgan bola yashamaydi. A. erta (homiladorlikning 12 haftasi ichida kerakli davo choralari koʻrilmaganda bola tushishi) va ke-chikib (13 — 27 hafta ichida bola tushi-shi) sodir boʻlishi mumkin. A. sunʼiy va gʻayriixtiyoriy A.ga boʻlinadi. Sunʼiy A. (bola tushirish) ayolning oʻz istagi yoki sogʻligʻiga qarab homiladorlikning 12-haftasiga qadar, tibbiy sabablarga koʻra esa bundan kechroq muddatlarda tugʻruqxonalarda oʻtkaziladi. Gʻayriixtiyoriy A. (bola tashlash) saba-blari: 1) oʻtkir va yuqumli kasalliklar, mas, terlama, bezgak, brutsellyoz, zaxm va boshqa; 2) ona bilan homila qoni rezus faktorining mos kelmasligi (ona qonida rezus faktor manfiy, homilada esa musbat boʻlishi); 3) umumiy kasalliklar (yurak, qon tomirlari, oʻpka va nafas aʼzolari, buyrak, endokrin bez kasalliklari); 4) jinsiy aʼzo kasalliklari (tuxumdon faoliyatining buzilishi); bunda sariq tana gormoni kam ishlanib chiqib, bachadon muskullarini qisqartiruvchi omillar, jumladan follikulin kuchayib ke-tadi, natijada A. roʻy beradi; 5) ichki jinsiy aʼzolarning turli sabablar bilan yalligʻlanishi; 6) ayol tanosil aʼzosining yetarli rivojlanmaganligi (infanti-lizm); 7) turli shikastlar (homiladorlik vaqtida yiqilish, ogʻir yuk koʻtarish, lat yeyish va hokazo); homiladorning biror nar-sadan qattiq qoʻrqishi, hayajonlanishi. Gʻayriixtiyoriy A. homilaning bachadon-dan koʻchish darajasiga qarab turlicha boʻladi. A. xavfi tugʻilganda bel ogʻrib, jinsiy aʼzodan bir oz qon keladi, ba-chadon homila muddatiga nomuvofiq kattalashadi; toʻgʻri davo qilinsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Boshlanayotgan A.da ogʻriq sezilib, qon keladi, bachadon taranglashib; bunda ham homila tirik boʻlsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Jadallashgan A. da laxta-laxta qon keladi, bachadon taran-glashadi, qisqaradi. Chala A.da homila butun chiqmay, uning koʻchmagan qismlari bachadon ichida qolib, qon koʻp ketadi, bachadon homiladorlik muddatiga nis-batan kichik boʻladi. Toʻliq A. da homila butun tushadi; shunga koʻra qon kelishi tez toʻxtaydi, bachadon kichrayadi. Homila nobud boʻlib, bachadon qisqarishi juda sust borsa, homilaning ajralishi va tu-shishi uzoq choʻziladi. Bunday hollarda bachadondan uzoq vaqtgacha qon ketadi (choʻzilgan A.). Baʼzan homila bachadon de-voridan koʻchadi-yu, lekin bachadon boʻyni kanalining tashki teshigi yopiq boʻlsa, boʻyin kanalida toʻxtab qoladi (bachadon boʻyniga bola tushishi). Baʼzan homila nobud boʻlsa ham (bachadon qisqarmasa) tushmaydi. Atrofidagi suv shimi-lib, oʻzi bujmayib, moʻmiyosimon boʻlib qoladi (yopishib qolgan A). A. ga infeksiya sabab boʻlganda, infeksiya homilani zararlab, bachadon va boshqa jinsiy aʼzolar hamda qorin pardasi yalligʻlanadi, homiladorning isitmasi koʻtariladi. Septik A. da esa mikroblar ona organiz-miga qon orqali tarqaladi, bemorning ahvoli ogʻir boʻladi; oʻz vaqtida chora koʻrilmasa, ona nobud boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda kasalxonalardan tashqarida abort qilish (jinoiy A.) taqiklanadi va jinoyat hisoblanadi. Ayolni A. ga majbur etgan shaxslar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi. Hayvonlarda boʻgʻozlikning bevaqt tugʻallanishi, bola tashlash. A.ning ke-lib chiqish sabablariga qarab yuqumsiz, yuqumli va invazion turlari bor. Yuqumsiz A. asosan, urgʻochi hayvonlar jinsiy aʼzosi funksiyasining buzili-shi va tashqi muhitning taʼsiri (vita-min va mineral moddalari kam boʻlgan, chirigan, mogʻorlagan, achigan yem-xashak yedirish, urilish, qisilish, ogʻir ishlar-da ishlatish kabi mexanik taʼsir) na-tijasida sodir boʻlsa, yuqumli A. bru-sellyoz, trixomonoz va boshqa kasalliklar natijasida roʻy beradi. Invazion A. esa piroplazmoz, gel-mintozlar natijasi-da organizmning zaharlanishi va zaiflanishidan kelib chiqadi. Kurash choralari: chorva mollarini boqishda, sunʼiy qochirishda, boʻgʻozlik davrida zootexnika va veterinariya qoidalariga toʻliq rioya qilish va hokazo.
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Bola tashlash — bu homilani majburan yoki shifokor nazoratisiz uzilishi, ya’ni homilaning ona qornidan erta chiqarilishi jarayonidir. Tibbiy atamalar bilan aytganda, bola tashlash — abort yoki homilani sun’iy ravishda to‘xtatishdir. O‘zbek tilida bu holat ko‘pincha «bola tushirib qo‘yish», «homilani to‘xtatish» yoki shunchaki «bola tashlash» deb ham ataladi.
Bola tashlashning sabablari
Bola tashlash sabablari turlicha bo‘lishi mumkin:
-
Tibbiy sabablari: Ona yoki farzandning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘ilganda, masalan, onaning yurak kasalligi, diabet, homilaning rivojlanishidagi nuqsonlar, genetik kasalliklar aniqlanganda.
-
Ijtimoiy va iqtisodiy sabablari: Oilaviy sharoitlar, moliyaviy qiyinchiliklar, yoshlikdagi homiladorliklar, oilada zo‘ravonlik, boshqarilmaydigan hayot holatlari.
-
Nojo‘ya homiladorlik: Homilaning rivojlanmasligi, tuxumdon yoki bachadon muammolari, homila o‘limi (dastlab o‘lsa).
Homilani tashlash usullari
Homilani tashlashning bir nechta usullari mavjud, ular quyidagilardan iborat:
-
Dori vositalari yordamida (medikamentoz abort): maxsus dorilar qabul qilinadi, ular homilani bachadondan chiqarishga yordam beradi. Odatda homiladorlikning dastlabki 10-12 haftasida qo‘llaniladi.
-
Jarayonli usul (kuryettaj yoki aspiratsiya orqali): bachadon bo‘shatiladi. Bu usulning amal qilish muddati homiladorlikning haftalariga qarab farq qiladi.
O‘zbekiston qonunlari haqida
O‘zbekistonda bola tashlash qonun bilan tartibga solingan. Abortga ruxsat faqat ma’lum shartlarda beriladi, masalan:
- 12 haftagacha bo‘lgan homiladorlikda ayol istagi bilan amalga oshirilishi mumkin.
- Tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lsa, 22 haftagacha uzaytirilishi mumkin.
- XVI xaftadan keyin bola tashlash faqat jiddiy tibbiy sabablar bo‘lganda amalga oshiriladi.
Bola tashlashning salbiy ta’siri
Bola tashlashning tibbiy va psixologik ta’siri ham bo‘lishi mumkin:
- Jismoniy asoratlar: infektsiya, bachadon jarohatlari, qon ketishi, kelajakda homiladorlikda muammolar.
- Psixologik ta’sirlar: depressiya, xavotir, ruhiy tushkunlik.
Muhim eslatma
Bola tashlash masalasi juda shaxsiy va murakkabdir. Agar o‘zingiz yoki bilgan insoningiz bu kabi vaziyatga duch kelsa, darhol malakali shifokor yoki psixolog bilan maslahatlashing. Shuningdek, bola tashlash bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin barcha tibbiy va ijtimoiy masalalarni chuqur o‘rganish va tushunish muhimdir.
Agar qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa yoki boshqa mavzuda ma’lumot kerak bo‘lsa, yordam berishga tayyorman.