Bol ajratgich
Bol ajratgich (asalarichilikda) — ramkadagi mumkatakni buzmasdan undagi asalni ajratib oladigan mashina; markazdan qochma kuch taʼsirida ishlaydi. 1865-yil chex asalarichi konstruktori Grushko ixtiro qilgan (ungacha bol mumkatakni presslab olingan). Bol ajratgich silindrsimon bak, ichki baraban — rotor va harakatlantirgichdan iborat. Bakning oʻrtasiga tik oʻq oʻrnatilgan. Bu oʻqqa biriktirilgan barabanga sim tur tortilgan. Barabanga oʻrnatiladigan ramkaning mumkataklari (bularning ogʻzi ochilgan) shu sim toʻrga tegib turadi. Harakatlantirgich bilan oʻq aylantirilganda mumkataklardagi asal markazdan qochirma kuch taʼsirida bak devoriga va undan bak tubiga tushadi. Asalni bak joʻmragidan idishlarga tushirib olinadi. Bol ajratgich ning xordial, radial va kombinatsiyalashgan xillari bor. Xordial Bol ajratgich da ramkalar xorda boʻyicha, yaʼni bak devoriga yon tomoni bilan, radial Bol ajratgich da ramkalar radius boʻyicha joylashtiriladi. Bol ajratgich hozir ham ishlatiladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org