Bokuning Binogadin tumanidagi bino yongʻini (2015)




Yongʻin 2015-yilning 19-may kuni ertalab soat 10da Ozarbayjon poytaxti Bokuning Binogadin tumanidagi Ozodlik shoh koʻchasida joylashgan 16 qavatli turar joy binosida sodir boʻldi. Ushbu yongʻin oqibatida 15 kishi halok boʻldi. Ulardan besh nafari bolalardir. Yana 63 kishi esa har xil turdagi va ogʻirlikdagi kuyish, jarohat va tutundan zaharlanish oqibatida zarar koʻrdi. Halok boʻlganlar asosan tutundan nafas ololmay halok boʻlishgan..

Yongʻin kelib chiqishi sabablari deb, qurilishda ishlatilgan sifatsiz va tez yonuvchi xomashyolar sabab boʻlgani taʼkidlandi. Yongʻinni faqat 4 soatdan soʻnggina oʻchirishga muvaffaq boʻlindi. Yongʻin oqibatida koʻp qavatli bino butunlay yonib ketgan. Ushbu yongʻin Bokudagi eng yirik noxushlik sifatida tan olindi..

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz