Boku teatr studiyasi




Boku teatr studiyasi — Bokudagi M. F. Oxundov nomidagi teatr texnikumi qoshida oʻzbek aktyorlarini tayyorlash uchun tashkil etilgan studiya (1925). Unda oʻzbek teatrining Halima Nosirova, Sayfi Olimov, Nazira Aliyeva, Zuhur Qobulov, Saʼdulla Toʻraboyev, Hakima Xoʻjayeva, Karim Yoqubov, Rahimberdi Bobojonov kabi vakillari tahsil koʻrgan. Yosh oʻzbek aktyorlari 3 yillik oʻqish mobaynida ozarbayjon teatrining taniqli arboblari (Kirmonshoxli, A. A. Tuganov, V. V. Sladkopevsov kabi) badiiy rahbarligida J. Jabborlining "Oydin", J. Molyerning "Jorj Danden", B. Tomasning "Charli xola" spektakllarini tayyorlab qaytdi. Boku teatr studiyasi s 1927-yilda oʻz faoliyatini tugatgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Online TAKLIFNOMA yarating. Telegram bot orqali


Uzpedia.uz