BOKU TEATR STUDIYASI



BOKU TEATR STUDIYASI — Bokudagi M. F. Oxundov nomidagi teatr texnikumi qoshida o’zbek aktyorlarini tayyorlash uchun tashkil etilgan studiya (1925). Unda o’zbek teatrining Halima Nosirova, Sayfi Olimov, Nazira Aliyeva, Zuhur Qobulov, Sa’dulla To’raboyev, Hakima Xo’jayeva, Karim Yoqubov, Rahimberdi Bobojonov kabi vakillari tahsil ko’rgan. Yosh o’zbek aktyorlari 3 yillik o’qish mobaynida Ozarbayjon teatrining taniqli arboblari (Kirmonshoxli, A. A. Tuganov, V. V. Sladkopevsov kabi) badiiy rahbarligida J. Jabborlining “Oydin”, J. Molerning “Jorj Danden”, B. Tomasning “Charli xola” spektakllarini tayyorlab qaytdi. Boku teatr studiyasi 1927 yilda o’z faoliyatini tugatgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz