BO’KTAR



BO’KTAR — geografik termin. Ba’zi bir turkiy tillarda, chunonchi qirg’iz tilida, shuningdek o’zbek tilining bir qancha shevalarida, masalan, Zomin, G’allaorol tumanlarida tog’ etagi Bo’ktar deyiladi. Bo’ktar termini Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida ham qayd qilingan va hozir joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, Zomin tumanida Bo’ktaryo’l degan yo’l bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz