Boks (kamera)




Boks (ing . box — quti, xona, boʻlma) — 1) biol.da mikroorganizmlar va radioaktiv moddalar bilan ishlash uchun moʻljallangan, belgilangan tozalik, sterillash hamda muhofaza sharoitlari mavjud boʻlgan germetik yoki maxsus kamera; 2) tibbiyotda yuqumli kasallik bilan ogʻriganlikda gumon qilingan bemorlarni boshqalardan alohida yotqizish uchun kasalxonalar va klinikalarda ajratilgan maxsus xona. B.dan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida foydalaniladi (yana q. Izolyator); 3) radioaktiv moddalar bilan ishlash uchun moʻljallangan zich berk xona (kamera); 4) qoʻllarni tiqib ishlashga imkon beradigan teshiklari (2 ta yoki 4 ta) bor zich berk shisha kamera. Uni koʻchirib yursa ham boʻladi; 5) garajlar va sanoat korxonalarida avtomobillar va sinov qurilmalari turishi uchun moʻljallangan boʻlma (xona); 6) telefon taqsimlash shkaflari yoki kabel yashiklarida simlar yoki kabellar kiritiladigan yoki chiqariladigan quti.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz