BOKIY



BOKIY (taxallusi; asl ismi Mirzaabdulla Nasriddinov) (1882.9.5 — 1967.4.4, Farg’ona viloyati Rishton qishlog’i) — o’zbek adabiyotshunosi (manbashunos), shoir. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1943). Sharq-mumtoz adabiyotini chuqur bilgan, xalq orasida navoiyxon, bedilxon degan nom olgan. Alisher Navoiy yubileyini o’tkazish Respublika qo’mitasi tuzilishi (1938 yil 15 sentabr) munosabati bilan qo’mita ilmiy maslahatchisi (1938). O’zbekiston Til, adabiyot, tarix institutida bosh maslahatchi (1940-43). Navoiy asarlarini eski o’zbek yozuvidan yangi yozuvga o’tkazishda ko’maklashgan. Muqimiy, Nodim Namangoniy, Rojiy Marg’iloniy va Rojiy Ko’xandiylar bilan o’tkazilgan mushoaralarda qatnashgan. O’zbek va fors tillarida g’azallar yozgan, Navoiy asarlariga muxammaslar bog’lagan. Navoiyning “Tuhfat ulafkor” qasidasini forschadan o’zbekchaga tarjima qilgan (1939).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz