Boʻka




Boʻka (turkiycha — zoʻr, kuchli) — tarixda turli anʼanaviy bayram va tantanali marosimlar chogʻida oʻtkaziladigan pahlavonlar musobaqasida qatnashuvchi kurashchi, polvon. Boʻkalarning xalq orasidagi obroʻsi juda baland boʻlgan. Sugʻdda eng kuchli Boʻka sharafiga yiliga bir marta nishonlanadigan bayram kuni boʻlgan. Boʻka uchun nozneʼmatlar bilan bezatilgan maxsus dasturxon tayyorlangan. Yozilgan dasturxonga Boʻkadan boshqa kishi yaqinlashmagan. Boʻkalar musobaqasi tinchlik vaqtlarida, shuningdek harbiy safar va yurishlar paytida ham oʻtkazilib turilgan (yana qarang Polvon tovoq).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz