BOJXONA TO’LOVLARI



BOJXONA TO’LOVLARI — mamlakat chegarasi orqali o’tkaziladigan (olib kiriladigan va chiqariladigan) tovarmoddiy boyliklar uchun to’lanadigan haq. Bojxona to’lovlarining to’lash shartlari va me’yorlari boj tariflarida belgilanadi. Bojxona to’lovlari me’yori har qaysi davlat bojxona tizimi qonun-qoidalariga muvofiq turlicha bo’lishi mumkin. O’zbekistonda Bojxona to’lovlarining bu to’lovi; qo’shilgan qiymat solig’i; aktsizlar; bojxona organlari bergan litsenziya uchun va litsenziyani yangilash uchun yig’im; bojxonaning rasmiylashtirish bo’yicha mutaxassis malaka attestati uchun yig’im; bojxonada yuklarni rasmiylashtirish uchun boj yig’ish; tovarlarni saqlaganlik uchun boj yig’imi; tovarlarni bojxona nazoratidan o’tkazgani uchun boj yig’imlari; axborot va maslahat uchun to’lov; oldindan qaror qabul qilganligi uchun to’lov; bojxona auktsionlarida ishtirok etganligi uchun to’lov kabi turlari mavjud. Bojxona to’lovlarini to’lashdan qisman yoki to’la ozod etish, tarif imtiyozlari berish har bir mamlakatning bojxona kodeksiga asosan amalga oshiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz