Bojxona ko'rigidan o'tkazish




Bojxona koʻrigidan oʻtkazish  — tovarlar va transport vositalarini Bojxona koʻrigidan oʻtkazish tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, yigʻimlar olish, shuningdek olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish taqiqlangan tovarlar bojxona chegarasi orqali oʻtishining hamda bojxona xududi orqali tranzit tartibida oʻtishining oldini olish uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish paytida hozir boʻlishga xaqlidir, bojxona organlari mansabdor shaxslarining talabiga koʻra esa tekshirish paytida hozir boʻlishlari va bojxona organlarining mansabdor shaxslariga zarur yordam koʻrsatishlari shart. Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega shaxs boʻlmagan taqdirda, transport vositasini boshqaruvchi shaxs bojxona maqsadlari uchun vakolatli shaxs deb xisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz