Bojxona kodeksi
Bojxona kodeksi — davlat bojxona organlari ishining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beruvchi, ularning faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi, yagona tizimga solingan qonun hujjati. Bojxona kodeksi qonun chiqaruvchi organlar tomonidan xalqaro bojxona qoidalariga asoslanib, davlat manfaatlari taʼminlanishini kafolatlaydigan tarzda ishlab chiqiladi. Bojxona kodeksi da bojxona organlarining vazifalari, huquq va burchlari hamda bojxona ishlari tashkil etilishining meʼyorlari oʻz aksini topadi, kontrabanda va bojxona qoidalarini buzilishiga qarshi kurash olib borish tartiblari ifodalab beriladi. Bojxona deklaratsiyami" qayd etilgan tovar va buyumlarga solinadigan bojxona bojlari, tovar (mulk)larning bojxona nazoratida saqlanishi va turli bojxona yigʻimlarini undirishda Bojxona kodeksi asos boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 26 dekabrda qabul qilinib, 1998-yil 1-martdan amalga kiritildi. Bu Bojxona kodeksi 198 modsani oʻz ichiga olgan boʻlib, 19 bob, 11 boʻlimdan iborat. Unda umumiy qoidalar (bojxona ishi, hududi, qonun hujjatlarining amal qilish tartibi, asosiy tushunchalar va boshqalar) (1 boʻlim), tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib oʻtish tartibi(N), bojxona nazorati, rasmiylashtirilishi va toʻlovlari (111), dastlabki operatsiyalar (VI), boj imtiyozlari (VII), nazorat ostida tovar yetkazib berish tartibi (VIII), bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik (IX), bunday ishlarni yuritish (X) va jazo berish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etish (XI) kabi masalalar oʻz ifodasini topgan.
Muzaffar Ortiqov.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org