Bojxona Deklaratsiyasi
Bojxona deklaratsiyasi — milliy qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjat; chegara orqali oʻtadigan yuk (eksport tovarlari, kishilarga tegishli yuklar, qoʻldagi anjomlar valyuta, qimmatbaho buyumlar va boshqalar)lar haqidagi asosiy maʼlumotlar qayd etiladi. Bojxona deklaratsiyasi jismoniy va yuridik shaxs (deklarant)lar tomonidan toʻldiriladi va tovarlar miqdori, ularning narxi haqidagi maʼlumotlar qayd etiladi. Bojxona deklaratsiyasi tovar (mulk)ni mamlakat chegarasidan kiritish, chiqarish yoki olib oʻtish uchun ruxsatnoma vazifasini oʻtaydi. Bojxona deklaratsiyasi da qayd etilgan tovarlarning bojxona qoidalariga xilof boʻlmasligi va tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotning toʻliq boʻlishi uchun deklarant javobgar hisoblanadi. Bojxona deklaratsiyasi da qayd etilmagan barcha tovar (mulk)lar qonunbuzarlik harakati sanalib, ular davlat foydasiga musodara etiladi va deklarant maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org