Bojnord
Bojnord (forscha: بجنورد; shuningdek,
Bojnūrd ,
Bujnūrd ,
Bojnoord ,
Bojnord yoki
Bujnurd sifatida ham romanizatsiya qilinadi) oʻrta asrlarda
Buzanjird nomi bilan tanilgan. Bu shahar Eronning Shimoliy Xuroson viloyatining markazi. Shahar Tehrondan taxminan 701 km va Xuroson Razaviy viloyatining markazi Mashhaddan 237 km uzoqlikda joylashgan.
Tarixi
Mahalliy anʼanalarga koʻra, XIII asrda moʻgʻullar bosqinidan soʻng bu hudud qorai turklari tomonidan nazorat qilingan.
Bojnurd Safaviylar tomonidan turkiylarga qarshi chegaralarini himoya qilish uchun oʻrnashgan kurd Shodiyan qabilasi uchun qurilgan. Anʼanaga koʻra, shahar mudofaa devori bilan oʻralgan va oʻn bir mavze, bozorlar hamda toʻrtta masjiddan iborat boʻlgan.
1849-yilda shaharda qoʻzgʻolon koʻtarildi. Natijada shahar vayron boʻldi. Sayohatchi G. C. Napier 1876-yilda shaharga tashrif buyurgan. Bu davrda Bojnurd boshligʻi kurdlardan boʻlib, Tehrondagi markaziy hukumatga harbiy yordam uchun shaharni soliqsiz boshqarganligi aytilgan.
Shaharda 1896-1929-yillarda kuchli zilzilalar kuzatilgan. Zilzila oqibatida shahar va uning atrofi vayron boʻlgan. Shundan soʻng shaharda yangi bino va istehkomlar qurilgan. 1997-yilda 6,5 magnitudali zilzila shaharda katta vayronagarchilik va koʻplab halokatlarga sabab boʻldi.
Geografiyasi
Shimoliy Xuroson viloyatining markazi — Bojnurd shahri 36 kvadrat kilometr maydonga ega. Eron shimoli-sharqidan 57 daraja, 20 daqiqa uzunlikda va 37 daraja, 28 daqiqa kenglikda, Kopedag togʻ tizmasidan janubda, Aladagʻ togʻ tizmasidan sharqda, Alborz togʻ tizmasining shimoliy qismida joylashgan. Bojnurd dengiz sathidan 1070 metr balandda joylashgan. Tehrongacha boʻlgan masofa 821 kilometrni tashkil qiladi.
Kollejlar va universitetlar
Bojnordda quyidagi universitetlar mavjud:
Taniqli shaxslar
Iqlimi
Bojnord Köppen iqlim tasnifiga koʻra sovuq va yarim quruq iqlimga ega.
Manbalar
uz.wikipedia.org