Bojan Ciger




Bojan Ciger (1994-yil 18-iyun, Majdanpek Serbiyada tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, Malayziya Superligasining Kedah Darul Aman klubida markaziy himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati



Bojan faoliyatini Serbiyaning „FK Jagodina“ klubi safida boshlagan. „FK Jagodina“ klubi safida 2013—2014-yillar davomida harakat qilib, jamoasi bilan Serbiya kubogi sohibi boʻldi. 2014-yilgi mavsumda maʼlum vaqt „GFK Tabane“ jamosiga ijaraga berildi.2014-yil mavsum yarimida Sebiyaning „Djerdap Kladovo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2015-yilgi mavsumda „Djerdap Kladovo“klubidagi raqobat tufayli jamoadan ketdi va „FK BASK“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi mavsumda Chernogiriya chempionatining „FK Sutjeska Nikšić“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Chernogoriya jamoasi safida 2018/2019-yilgi mavsumda Birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Chernogoriya klubi bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng 2021-yilda Ciger Serbiyaning „Rad“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yilgi mavsum yarmida u Namanganning „Navbahor“ klubiga Samvel Babayan tomonidan taklif etildi. „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma shartlari kelishganidan soʻng, Namangan jamoasi futbolchisiga aylandi. Navbahor jamoasi safida 2 mavsum davomida 44 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi. Ciger Navbahor jamoasi safida Oʻzbekiston Chempionatida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishida katta rol oʻynadi va Oʻzbekiston Kubogida kumush medal sohibi boʻldi. 2023-yil mavsum boshida „Navbahor“ jamoasi bilan doʻstona hayrlashib, Malayziya chempionati vakili „Kedah Darul Aman“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz