Bohoduxiv
Bohoduxiv (ukraincha: Богодухів, ruscha: Богодухов - Bogoduxov) - Sharqiy Ukrainadagi Xarkov viloyatidagi shahar. Shuningdek Boxoduxiv tumanining maʼmuriy markazi ham hisoblanadi. Bohoduxovda Ukrainaning asosiy aholi punktlaridan biri bo'lgan Bohoduxiv aholi punktining ma'muriy markazi joylashgan. Hozirgi aholi soni 14,882 nafarni tashkil etadi.
Tarixi
Bu aholi punkti 1662-yilda kichik qishloq va Bogoduxov shahar posyolkasi sifatida tashkil etilgan. 1681-yildan buyon shaharcha deb yuritiladi. 1709-yilda, rus-shved urushi paytida, bu shahar Menshikov va imperator Aleksiy tomonidan egallab olingan. 1780-yil apreldan keyin u Rossiya imperiyasining Xarkov gubernatorligidagi Bogoduxov uyezdining ma'muriy markazi bo`lib kelgan.
Bogoduxov shahrida ilk bosh cherkov 1793-yilda qurilgan.
Aholisi soni 1860-yilda 10522 kishi, 1897-yilda 11928 kishi bo`lgan. Sovet davrida bu yerda sanoat va taʼlimni rivojlantirish uchun koʻp ishlar olib borilgan.
Bogoduxovning ilk mahalliy gazetasi 1930-yilning fevralidan chiqa boshlagan.
Ikkinchi Jahon urushi paytida Bogoduxov 1941-yil 16-oktyabrdan 1943-yil 17-fevralgacha va yana 1943-yil 11-martdan 7-avgustgacha bo`lgan davrlarda Germaniya armiyasi tomonidan qamal qilingan. Shundan keyin 1-tank armiyasi tomonidan ozod qilingan.
1944-yilda bu yerda sut zavodi qurilgan. 1950-yilda shaharda uchta oʻrta maktab, beshta yetti yillik maktab, ikkita boshlangʻich maktab va bitta kasb-hunar maktabi bor bo`lgan. 1965-yilda bu yerda tibbiyot kolleji ham ochilgan.
1989-yil yanvar oyida aholi soni 18962 kishi boʻlib, iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi oziq-ovqat sanoati bo`lgan. 2013-yil yanvar oyida aholi soni 15 797 kishini tashkil etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org