Bogxed




Bogxed (Shotlandiyadagi Boghead degan joy nomi bilan atalgan) — saproyayeli/yalarning eng toza xili. B. tarkibidagi organizm qoldiqlarining miqdori, hosil boʻlish sharoiti, sifati bilan koʻmirdan farq qiladi. B. botqoqliklar, dengiz koʻrfazlarida biyokimyoviy va geokimyoviy jarayonlar taʼsirida hosil boʻladi. Rangi qoramtir. B. tarkibini gazsimon, uchuvchan moddalar (75—90%), vodorod (8 — 12%) tashkil qiladi. Yonuvchi massaning issiklik berishi 33,5—37,7 Mj/kg. Gumusli koʻmir qatlamlari orasida yupqa qatlam koʻrinishida uchraydi. B.dan qoramoy, suyuqyonilgʻi olinadi va kimyo sanoatida foydalaniladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz