BOGXED



BOGXED (Shotlandiyadagi Boghead degan joy nomi bilan atalgan) — saproyaeliyalarning eng toza xili. Bogxed tarkibidagi organizm qoldiqlarining miqdori, hosil bo’lish sharoiti, sifati bilan ko’mirdan farq qiladi. Bogxed botqoqliklar, dengiz ko’rfazlarida biyokimyoviy va geokimyoviy jarayonlar ta’sirida hosil bo’ladi. Rangi qoramtir. Bogxed tarkibini gazsimon, uchuvchan moddalar (75-90%), vodorod (8 — 12%) tashkil qiladi. Yonuvchi massaning issiklik berishi 33,5—37,7 MJ/kg. Gumusli ko’mir qatlamlari orasida yupqa qatlam ko’rinishida uchraydi. Bogxeddan qoramoy, suyuq yonilg’i olinadi va kimyo sanoatida foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz