BOGOR
BOGOR (gollandcha Beytenzorg) — Indoneziyadagi shahar. Yava orolining g’arbida. Aholisi 271 ming kishi (1990). Bogor tog’ oralig’i soyligida, Gyode vulkani etagida joylashgan. Kurort joy va turizm markazi. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Rezina shinalari va oyna zavodi, to’qimachilik, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Indoneziya kauchuk ilmiy tadqiqot instituti, dunyoga mashhur botanika bog’i (1817 yildan) va botanika ilmiy tadqiqot instituti bor. Janubiy Sharqiy Osiyoning tropik mintaqa biologiyasi bo’yicha regional markazi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz