Bog‘obod
Bog‘obod — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan aholi punkti.
Tarixi
2022-yil Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashining yig‘ilishida Qarshi tumanining G‘ubdin, Shoyxo‘ja, Ko‘chkak, Uzumzor, Guliston, Tinchlik, Batosh, Yangi Batosh, Jumabozor Istiqlol, Qoratepa, Kat, Paxtazor, Chaman, Bog‘obod, Yangi Bog‘obod MFYlar Qarshi shahar tarkibiga o‘tganligi elon qilindi.
Hozirgi kunga kelib Bog‘obod aholi punkti zamonaviylashib bormoqda. Aholi punktida namunali uy joylar qurilishi jadal davom etmoqda.
Joylashuvi
Bog‘obod aholi punktidan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 1 km, tuman markazigacha 23 km masofa mavjud. Aholi punktiga eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qarshi (1 km) shahrida joy olgan. Aholi punkti Qarshi shahrining kirish qismida joylashgan.
Sanoati
Aholi punktida savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar, musiqa maktablari, kutubxona, klub, kasalxona, sanatoriy bor. Aholisi Miroqi kanalidan suv oladi.
Iqlimi
uz.wikipedia.org