BOG’LOVCHI MATERIALLAR
BOG’LOVCHI MATERIALLAR (qurilishda) —suv qo’shib qorishtirganda yopishqoq, xamirsimon muloyim massa hosil qilib, keyin toshdek qotadigan kukunsimon materiallar. Anorganik (mineral) va organik xillari bor. Anorganik Bog’lovchi modda havoda qotadigan va gidravlik xillarga bo’linadi. Havoda qotadigan Bog’lovchi modda faqat ochiq havoda qotadi, namda esa qisman qotadi yoki umuman qotmaydi. Bularga ohak, gips, eruvchan shisha, gil va boshqalar kiradi. Gidravlik Bog’lovchi modda ochiq havodagina emas, balki nam va suvda ham qotadi. Bularga gidravlyugohak, portlandtsement va boshqalar kiradi. Bog’lovchi modda yaxlit beton, yig’ma temirbeton konstruktsiyalar va qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Organik Bog’lovchi modda (maalan, bitum) asfaltga qo’shiladi, tomlarni yopishda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz