Bog‘liqlik tuyg‘usi
Bogʻliqlik tuygʻusi — chuqur xush koʻrishlik, sevgi, kimgadir yoki biror narsaga sadoqatga asoslangan yaqinlik hissi.
Bogʻliqlik tuygʻusining shakllanishi
Bolaning asosiy mehri onaga, keyinroq esa boshqa tarbiyachilarga bogʻliqdir. Psixoanalitiklar orasida keng tarqalgan fikrga koʻra, agar bunday asosiy mehrning shakllanishi biron bir sababga koʻra qiyin yoki imkonsiz boʻlsa, u holda inson katta boʻlgach boshqa odamlarga mehr berishni, yaqinlashishni toʻliq shakllantira olmaydi, bu uning sotsializatsiya jarayoniga jiddiy ravishda zarar yetkazadi va antisotsiyal shaxsiyat buzilishiga sabab boʻlishi mumkin.
Bogʻliqlik tuygʻusining turlari
Ishonchli bogʻliqlik — bu oʻziga ishongan odamning hissiy asosini yaratadigan ona va bola oʻrtasidagi sogʻlom aloqadir. Ota-ona doʻstona munosabatda va doimo bolaga eʼtibor qaratadi. Bola xotirjam, quvnoq, uni osongina tinchlantirish mumkin, katta boʻlgach, u osonlikcha emotsional jihatdan moslashadi.
Qochuvchi bogʻliqlik — ota-ona doimiy hissiy eʼtiborsizligidan kelib chiqadi. Ota-onaning bolaga munosabati tartibsiz. Bola bezor qiluvchi boʻladi, katta boʻlgach, boshqalarning fikriga juda qaram, yaqin munosabatlarni qadrlamaydi.
Tartibsiz bogʻliqlik — ota-ona tomonidan bolani doimiy qoʻrqitish va bostirish natijasida paydo boʻladi. Bola nazorat qilib boʻlmaydigan, tajovuzkor yoki tushkunlikka tushib qoladi, katta boʻlgach, boshqalar bilan munosabatlarni qurishda katta qiyinchiliklarga duch keladi.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org