Bogʻiston mahallasi (Chilonzor tumani)




Bogʻiston mahallasi
(7-mavze, 45a-uy) Chilonzor tumanidagi mahalla. „Oqtepa“, „Qatortol“ va „Lutfiy“ mahallalari bilan chegaradosh. 2005-yilda „Oqtepa“ mahallasidan ajralib chiqqan. Bu yerlar oʻtmishda bogʻlari bilan mashhur boʻlgani uchun „Bogʻiston“ deb atalgan. Aholisi 5150 kishi, asosan, o'zbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida oʻrta maktab, 2 ta bolalar bogchasi, toʻyxona, masjid, 5 ta
oziq-ovqat doʻkoni, 3 ta dorixona, kafe, sartaroshxona, poyabzal taʼmirlash ustaxonasi mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz