Bogʻiston koʻchasi (Toshkent)




Bogʻiston koʻchasi  — Chilonzor tumanida, Oqtepa maydoni bilan Kichik halqa yoʻli oraligʻida. Oqtepa maydondan Oqtepa kanalining chap sohili boʻylab boshlangan. Uzunligi 1,5 kilometrga yaqin. 1991-yil 20-fevralda Ges koʻchasi oʻrniga qoʻyilgan.

Koʻcha yoʻnalishida koʻp qavatli turar joy binolari, yakka tartibdagi uy-joylar, shahar onkologiya dispanseri, „Soyboʻyi“ kafesi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Koʻcha yaqinida Respublika olimpiya zaxiralari kolleji, Soliq akademiyasi va kolleji, Koʻz mikroxirurgiya markazi, tez tibbiy yordam kasalxonasi joylashgan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz