Bog`iston




BOGʻISTON — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani dagi qishloq, tumanning sharqiy qismida, Piskom togʻ tizmasining shim. etagida, Chorvoq yeuv ombori sohilida joylashgan. Aholisi qariyb 3000 kishy; bogʻdorchilik, sabzavotchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Buloqlardan suv ichadi. Qishloq nomi 10-asrda „Hudud ulolam“ asarida „Sadbagʻvo“ shaklida qayd etilgan. B.da Toshkentda yashagan Shayx Xovandi Tohurning otasi boʻlmish Umar Bogʻistoniyning qabri bor. Qabr atrofida bogʻ barpo qilingan. B.da Xoja Ahror tugʻilgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz