BO’G’IRSOQ
BO’G’IRSOQ — 1) xamirdan tayyorlab yog’da pishiriladigan taom. Bo’g’irsoq turli joylarda har xil tayyorlanadi. Toshkent va uning atroflarida: elangan bug’doy unidan suv, sut, tuxum, shakar va yog’ solib qorilgan xamir pilta qilinadi, pichoq bilan yong’oqday va undan kattaroq qilib kesib, qizigan yog’da to qizarguncha qovuriladi. Farg’ona vodiysi va Buxoroda suv bilan sutga qorilgan xamirni o’qlog’ida yoyib, to’rtburchak shaklida kesib yog’da qovuriladi; 2) ba’zi metall yoki yog’och buyumlar yuziga Bo’g’irsoq shaklida o’yib yoki qavartilib tushirilgan naqsh.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz