Boʻgʻin
Boʻgʻin (biologiyada) — umumiy ajdodlarga nisbatan bir xil qarindoshlik darajasiga ega boʻlgan bitta populyatsiyadagi individlar guruhi (masalan, odamlarda ota-onasi, bolalari, nevaralari 3 ta ketma-ket kelayotgan Boʻg'indan iborat). B. tushunchasi yil davomida bir vaqtning oʻzida rivojlanib chiqadigan individlarga nisbatan qoʻllaniladi. Masalan, 2 yoki 3 Boʻg'inli (bir mavsumda tur 2 yoki 3-marta bolalaganida); bir yillik, ikki yillik, koʻp yillik Boʻg'in (bitta B. ning rivojlanishi 1,2 yoki koʻp yil davom etganida) boʻlishi mumkin. B. ning hayot kechirish muddatlari ham bir turning muayyan individlari va ular yashaydigan sharoiti (iklimi) ga moye holda juda keng chegarada oʻzgaradi. Masalan, bir hujayralilarda bir necha soatda, koʻp hujayralilarda hatto yuz yillab davom etadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org