BO’G’IMDUMLAR



BO’G’IMDUMLAR (Cordylidae) kaltakesaklar oilasi. 4 urug’, 24 turi bor. Janub va tropik Afrikada tarqalgan. Turlarining bir qismi asl kaltakesaklarga, boshqalari ilonlarga o’xshaydi, lekin hammasi kaltakesaklardek yashaydi va tez harakat qiladi. Oilaning tipik vakili bo’g’imdum (Zonurus cordylus) agamalarga o’xshaydi. Rangi o’zgaruvchan, lekin ko’pincha dum va orqa tomoni xira qovoq rangda, boshi va oyoqlari och sariq, qorni oq bo’ladi. Bo’g’imdumlilar tog’larda, serqoya qaltis yerlarda yuradi. Dushmandan qoyalar orasiga yashirinib, toshlarning g’adirbudur qirralariga yopishib olgan Bo’g’imdumlilarni butunlicha ajratib olish qiyin. Turli umurtqasizlar, yirik vakillari esa mayda umurtqali jonivorlar bilan oziqlanadi. Ko’p turlari tuxum qo’yib ko’payadi, faqat ilonga o’xshash Bo’g’imdumlilar tirik tug’adi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz