Bog'i safid
Bogʻi safid — Shohrux Boysunqur Mirzoga atab Hirotning shim.sharqida qurdirgan bogʻ. U hijriy 813 yilning 24 zulqaʼdasida (1411-yil 20-mart) tantanali suratda ochiddi. Bogʻdagi qasr oq (safed) marmardan qurilgan. Abdurazzoq Samarqandiy B. S.ning bino etilishini taʼriflab, qasrini bezashda "Epchil qoʻlli naqqoshlar har bir xonaga (oʻz xunarlaridan) bir nusxa yasaganlar va har bir boloxonaga... bir manzarani ishlaganlar, qasr devorining izorasi va bogʻ atrofi devorlarining ustiga yashma toshi qoʻyilgan, ustiga boʻrttirib ishlangan rasmlar chizib, naqshlangan", deb yozadi. Boysunqur Mirzo bogʻda istiqomat qilib, oʻz ilmiy, adabiy anjumanlarini ham shu yerda oʻtkazgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org