BOG’I SAFID
BOG’I SAFID — Shohrux Boysunqur Mirzoga atab Hirotning shimoli sharqida qurdirgan bog’. U hijriy 813 yilning 24 zulqa’dasida (1411 yil 20 mart) tantanali suratda ochiddi. Bog’dagi qasr oq (safed) marmardan qurilgan. Abdurazzoq Samarqandiy Bog’i safidning bino etilishini ta’riflab, qasrini bezashda “Epchil qo’lli naqqoshlar har bir xonaga (o’z xunarlaridan) bir nusxa yasaganlar va har bir boloxonaga… bir manzarani ishlaganlar, qasr devorining izorasi va bog’ atrofi devorlarining ustiga yashma toshi qo’yilgan, ustiga bo’rttirib ishlangan rasmlar chizib, naqshlangan”, deb yozadi. Boysunqur Mirzo bog’da istiqomat qilib, o’z ilmiy, adabiy anjumanlarini ham shu yerda o’tkazgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz