BOGDO-O’LA,— Xitoydagi tog’ tizmasi, Sharqiy Tyanshanda. Balandligi 5445 metrgacha (Bogdoo’la tog’i). Kenglik yo’nalishida qariyb 300 kilometrga cho’zilgan, shimolda Turfon botig’i, Janubda Jung’oriya tekisligini o’rab turadi. Asosan kembriydan oldingi va paleozoy davrlari jinslaridan tuzilgan. Yon bag’irlari tik, doimiy qor va muzliklar bor. Landshaft mintaqalari: quyi mintaqa — cho’l va dasht, 1700-2900 metr balandlikda — o’tloqlar va ignabargli o’rmonlar, 2900-3700 metr balandda — butalar, Alp o’tloqlari va nival mintaqa.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish