Bogdanovich Karl Ivanovich




Karl Ivanovich Bogdanovich (1864.29.11, Vitebsk gubernyasi 1947.5.6, Varshava) — geolog olim. Peterburg konchilik institutini tugatgan (1886). 1901 — 17 yillarda Rossiya Geol. qoʻmitasida ishlagan (1914-yildan direktor), ayni vaqtda Peterburg konchilik instituti professor (190219). 1919-yilgacha Rossiyaning Yevropa qismi, Markaziy Osiyo, Sibir va Kavkazda katta tadqiqot ishlari olib borgan. Ruda konlari (1912—13) va 1931-yilda neft konlari geol.si boʻyicha katta toʻplamlari nashr qilingan. Oʻrta Osiyo boʻyicha olib borgan tadqiqot ishlari seysmologiyaga salmokli hissa qoʻshdi va shu regionning tektonik sxemasini belgilab berdi. 1919-yildan Polshada Krakov akademiyasi professor.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz