Bogdanov Nikolay Dmitriyevich




Nikolay Dmitriyevich Bogdanov (1920.27.4, Dnepropetrovsk viloyati Lyubimovka qishlogʻi — 1945.31.1, Lvov) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkentda chizmachi boʻlib ishlagan. 1941-yil iyuldan frontda. 34-gvardiyachi artilleriya polkida divizion komandir boʻlgan. Bogdanov 1943-yil 12—14-sentabrdagi janglarda oʻz artilleriyasi bilan oʻqchi qismlari tomonidan dushmanning Komarovka va Yevlashovka qishloqlaridagi tayanch punktlarini egallashlarida yordam bergan. 1943-yil 16-oktabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz