BOGDANOV KARL IVANOVICH



BOGDANOV KARL IVANOVICH (1864.29.11, Vitebsk gubernyasi 1947.5.6, Varshava) — geolog olim. Peterburg konchilik institutini tugatgan (1886). 1901 — 17 yillarda Rossiya geologiya qo’mitasida ishlagan (1914 yildan direktor), ayni vaqtda Peterburg konchilik instituti professor (1902-19). 1919 yilgacha Rossiyaning Yevropa qismi, Markaziy Osiyo, Sibir va Kavkazda katta tadqiqot ishlari olib borgan. Ruda konlari (1912-13) va 1931 yilda neft konlari geologiyasi bo’yicha katta to’plamlari nashr qilingan. O’rta Osiyo bo’yicha olib borgan tadqiqot ishlari seysmologiyaga salmoqli hissa qo’shdi va shu regionning tektonik sxemasini belgilab berdi. 1919 yildan Polshada Krakov akademiyasi professori.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz