BOGDANOV ANATOLIY PETROVICH
BOGDANOV ANATOLIY PETROVICH [1834.1(13).10, Voronej gubernyasi — 1896.16(28).3, Moskva] — rus antropologi va zoologi. Moskva universitetini tugatgan (1855), professor (1863), Rossiyada antropologiya fanining asoschisi. Tabiat, antropologiya va etnogragiya havaskorlari jamiyatining rahbari, Moskva universiteti zoologiya muzeyining direktori. Bogdanov 1867 yilda etnografiya, 1879 yilda antropologiya ko’rgazmasida antropologiya asboblari, Rossiyadagi qadimgi va hozirgi xalqlar bosh suyaklari kollektsiyasi va antropologiyasiga oid rasmlarni namoyish qildi. Bogdanov Fedchenko ekspeditsiyasi tomonidan Markaziy Osiyoda to’plangan antropologiyaga oid materiallarni ishlab chiqdi va nashr qildi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz