Bogdan Xaushi




Bogdan Vasile Xaushi (rumincha: Bogdan Hauşi; 1985-yil 29-sentyabr, Baya-mare, Ruminiya) - Ruminiyalik futbolchi, himoyachi.

Tarjimai holi



Ruminiyaning „Baya-mare“ klubi tarkibida oʻz debyutini amalga oshirgan. 2008-yilning yozida Moldovaning „Iskra-Stal“ jamoasiga ko'chib o'tdi. Moldova chempionatida 2008-yilning 2-iyulida „Olimpiya“ga qarshi o'yinda (1:1) debyut qildi. 24-daqiqada Xaushi gol urdi va 33-daqiqada qizil kartochka oldi. 2008—09-yilgi mavsumda u jamoa bilan birgalikda faqat „Dacia“ va „Sherif“ klublaridan ortda qolgan holda Moldova chempionatining bronza medali sohibiga aylandi. 2009-yil iyul oyida u UEFA kubogi saralashida bolgariyaning „Cherno More“ klubiga qarshi 2 ta o'yin o'tkazdi. Bogdan Xaushi Moldova chempionatida „Iskra-Stal“ jamosi safida jami 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta qizil kartochka oldi. 2009-yil oxirida u „Iskra-Stal“ni tark etdi. 2010-yil fevral oyida „Goverla“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2012-yilda Xaushi Moldovaning „Rapid“ jamoasida o'ynagan. 2013-yil fevral oyida „Tiraspol“ futbol klubiga o'tgan. Bogdan Xaushi 2015-yil 9-martda Aleksandr Mochinov boshchiligidagi „Buxoro“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Ruminiyalik futbolchi Buxoroliklar safida 23-raqamda harakat qilgan. 2015-yilda Oʻzbekiston Oliy ligasi doirasida boʻlib oʻtgan Muborakning „Mashʻal“ klubiga qarshi bahsda Xaushi raqib darvozasini ishgʻol qilgan. 2015-yil yakunlariga koʻra mazkur futbolchi klub safida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 1 ta toʻp kiritgan, 4 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan. Futbolchi 2021-yilda oʻz faoliyatini yakunlashini eʻlon qilgan.

Professional Faoliyati




Yutuqlari



„Iskra-Stal“ klubi tarkibida

„Tiraspol“ klubi tarkibida

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz